⚠️ Diqqat! Sayt test rejimida ishlamoqda.
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi

Yangiliklar

Andijonda sanoat usulida ipak qurtini parvarishlash bo‘yicha ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi

11.08.2026 👁 7


Andijon viloyati Paxtaobod tumanida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi R. Abdullayev rahbarligida sanoat usulida ipak qurtini parvarishlash texnologiyalarini joriy etish va samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Uyushma rahbariyati, viloyat “Agropilla” rahbarlari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari, ipak qurti urug‘chiligi korxonalari rahbarlari, kasanachilar hamda agronomlar ishtirok etdi.

Seminarda aholi bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish, ipakchilik yo‘nalishida yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda pilla yetishtirish samaradorligini oshirishda sanoat usulining ahamiyati muhokama qilindi. Tadbir davomida sanoat usulida ipak qurtini parvarishlashning zamonaviy texnologiyalari, parvarish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat unumdorligini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, ipak qurtini parvarishlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, parvarishxonalarda zarur mikroiqlimni ta’minlash, ozuqa bazasidan samarali foydalanish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminarda sanoat usulining asosiy afzalliklari — mehnat va vaqt sarfini maqbullashtirish, mavjud maydonlardan samarali foydalanish, pilla yetishtirish hajmi va sifatini oshirish hamda aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Bundan tashqari, pilla yetishtirishdan tortib uni qayta ishlashgacha bo‘lgan jarayonlarni samarali tashkil etish, ipak qurti urug‘i bilan ta’minlash, kasanachilar faoliyatini muvofiqlashtirish va agronomlar ishtirokida parvarish jarayonlarini nazorat qilish bo‘yicha fikr almashildi.

Seminar yakunida hududlarda sanoat usulida ipak qurtini parvarishlashni keng joriy etish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.