“O‘zbekipaksanoat” uyushmasida sog‘lom turmush tarzi va jamoaviy birdamlik targ‘ib qilindi
Shu yilning iyun oyida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–421-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda xodimlar o‘rtasida jamoaviy sportni rivojlantirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida xodimlar o‘rtasida mini-futbol va turnikka tortilish kabi sport turlari bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bellashuvlar o‘tkazildi. Musobaqada uyushma xodimlari juda faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy mahorati, chaqqonligi va yuqori sport tayyorgarligini namoyish etdilar.
Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqalar jamoada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish hamda korxona ichidagi o‘zaro hamjihatlik va jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.