O‘zbekiston va Yaponiya ipakchilik sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Uchrashuvda O‘zbekistonda ipak ishlab chiqarish hajmini oshirish, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va Yaponiya tomoni bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi raisi R. Abdullayev va uyushma raisining birinchi o‘rinbosari M. Sagatov Yaponiyaning "Trust Engineering Partners Co., Ltd." kompaniyasi katta maslahatchisi Takefumi Mayumi hamda "Yachiyo Engineering Co., Ltd." kompaniyasi Xalqaro bo‘limi, qurilish va xaridlarni boshqarish bo‘yicha bosh menejeri Tatsuya Kobayashi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda ipak ishlab chiqarish hajmini oshirish, sohada zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va Yaponiya tomoni bilan ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Yaponiya tomoni O‘zbekistonda ipak ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Yaponiya hukumatiga taklif sifatida tayyorlanayotgan loyiha doirasida zamonaviy uskunalarni yetkazib berish, ipak yigiruv fabrikasini tashkil etish, ularni o‘rnatish hamda mutaxassislarni o‘qitish ko‘zda tutilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirish va loyiha bo‘yicha keyingi bosqichlarni birgalikda muhokama qilishga kelishib oldi.